Ish haqi oshirishni qanday to’g’ri so’rash kerak? 5 ta maslahat
"Oyligim oshmasa..."
Zamonaviy kasblarda deyarli hamma birinchi boshqa joydan balandroq ish taklifi olib, keyin menejer bilan gaplashadi. Bu eng oddiy va effektiv usul. Lekin “mayli ketaver” deyishlariga tayyor turing.
Bozorni doimo analiz qiling
Sizni pozitsiyangizdagi ishchilarga boshqa kompaniyalar qancha to’lashyapti. Va ulardan aynan qaysi bilimlar talab qilinyapti. Buni HH kabi saytlardan bilsangiz bo’ladi.
Mas’uliyat va ish miqdoriga qarang
Ishga kirganingizdan beri sizni zimmangizga qo’yilgan talablar/mas’uliyat + ish miqdori oshgan bo’lsa, demak oylik ham o’sishi kerak. + inflyatsiya va boshqa omillarni ham unutmang. Delikat tushuntirsa bo’ladi bu omillarni.
Natijalarni sarhisob qiling
Ularda qanchalik sizni hissangiz bor va, eng muhimi, kelajakda yana qancha natija ko’rsatishingiz mumkin. Odatda, rahbarlar uchun kecha emas, ertaga nima qila olishingiz muhim. Shundagina sizga ko’proq investitsiya kiritishlari mumkin.
Yo’q deyishlaridan QO’RQMANG
Agar hozirgi hayotingizdan va olayotgan maoshingizdan mamnun bo’lmasangiz, ish ham tatimaydi. Qadringizni bilib, o’zingizga mos va sizni qadrlaydigan kompaniyaga ishga kiring!
©️ Samira Latipova
Most Viewed Articles
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa