Korporativ Ijtimoiy Mas‘uliyat
UBSning asosiy maqsadi — talabalarga yuqori sifatli ta’lim berish va ularni global raqobatbardosh, yetuk mutaxassislarga aylantirishdir.

Korporativ Ijtimoiy Mas‘uliyat

UBS jamiyat oldidagi mas’uliyatini ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy tashabbuslar orqali amalda namoyon etadi.

Kim uchun

Bu sahifa mahalliy tashkilotlar, nodavlat sektor, ishbilarmonlar va ijtimoiy faollar uchun mo‘ljallangan.

Maqsadlar

universitet va jamiyat o‘rtasida barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shish.

Qilinadigan ishlar

Ushbu yo‘nalishda biz qo‘shma loyihalar, treninglar, tadqiqotlar va amaliy hamkorlik tashabbuslarini amalga oshiramiz.

Fakultet nomi

Xalqaro va Respublika musobaqalarida, marafonlarda, yarmarka va shunga o'xshash tadbirlarda universitet nomidan jamoaviy ishtirok etishlar

Ekologiyaga oid tashabbuslar

Xodimlarning odob-axloq qoidalari, korporativ madaniyat va tadbirlar

Barqaror rivojlanish maqsadlari

"Bilim olishdagi asosiy poydevor, universitet yoki institutning nufuzli nomiga emas, o‘quv dargohidagi bilim berish yo‘nalishining to‘g‘riligi bilan mustahkam shakl hosil qiladi."  (Karl Jeymson "O‘qi va boy bo‘l" kitobidan)
Darhaqiqat, talabaning bilim egallashi va kelajakda o‘z o‘rnini topishida ta’lim berilayotgan dargohdagi "Yangi innovatsion dars tizimi" juda muhim ahamiyatga ega.
Bu borada esa nodavlat universitetlarning shiddat bilan rivojlanib borayotgan yangidan yangi yo‘nalishlari, o‘quvchini darsga 100% jalb qila olish va ko‘nikma hosil qilishda qo‘llayotgan uslublari yaqqol dalildir. Shu o‘rinda O‘zbekistondagi nodavlat universitetlar qatorida yetakchi o‘rin egallan UBS universiteti va bu o‘quv yurtida talabalarning kun tartiblari, dars jarayonlari va hattoki bo‘sh vaqtlari qanday o‘tishi ham namuna bo‘la oladigan darajada.
Xususiy universitetlar sharoiti
Universitetdagi barcha talabalar eng avvalo yorug‘ va keng xonalar, barcha standartlarga to‘laqonli javob bera oladigan jihozlar, eng asosiysi, o‘z auditoriyasiga allaqachon ega bo‘lgan malakali o‘qituvchi va mutaxassislardan dars oladilar. Qonun qoidalar va talab shu qadar o‘rinliki, barcha talabalar har bir dars uchun alohida tayyorlanadilar.
Professor-o'qituvchilar
Ma’ruzalar ham kuchli bilimga ega o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Maqsad baho olish emas, dars jarayonidan talabaga nimadir bera olishdir. Kun mobaynida talabalarning deyarli bo‘sh vaqti bo‘lmaydi. Kattagina xazinani o‘ziga jamlagan kutubxona doimiy talabalar ixtiyorida. Va yana bir aytishga arzigulik, motivatsion shaklda tashkillanib boradigan tadbirlar, alohida o‘ringa ega. Turli anjumanlar, taniqli motivatorlar bilan suhbatlar, konsertlar, vebinarlar talabalarni bir xillikdan, charchoq va qiziqish sustlashishidan uzoqlashtiradi.

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamingiz:

  • +998 99 746 98 99
  • +998 99 849 98 98
  • Work time:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish