Moliya yo'nalishidagi eng yaxshi 10 ta kasb
Siz raqamlar bilan ishlashni yoqtirsangiz, investitsiya vositalari, aksiyalar yoki moliyaviy bozorlar sizga qiziq bo‘lsa, moliya sohasida ishlash siz uchun ajoyib tanlov bo‘lishi mumkin. Moliya sohasi ko‘plab yuqori maoshli, barqaror va intellektual kasblarni taklif qiladi.
Quyida moliya bo‘yicha o‘qigan yoki o‘qiyotganlar uchun eng yaxshi kasblarni ko‘rib chiqamiz:
1. Moliyaviy rejalashtiruvchi
Odamlarga pullarini qanday to‘g‘ri boshqarishni o‘rgatadi. Jamg‘arma, investitsiya, pensiya hammaga kerak!
2. Moliyaviy tahlilchi
Kompaniyalar, aksiyalar va obligatsiyalarni tahlil qilish, investitsiya tavsiyalarini beradi.
3. Investorlar bilan aloqalar mutaxassisi
Investorlar uchun moliyaviy hisobotlar tayyorlab, kompaniya moliyaviy ko‘rsatkichlarini taqdim etadi.
4. Byudjet tahlilchisi
Loyihalar va tashkilotlar uchun byudjet tuzadi, xarajatlarni nazorat qiladi.
5. Aktuar (Risklarni baholovchi mutaxassis)
Xavflarni raqamlar orqali oldindan biladi. Sug‘urta va moliyaviy prognozlar — ularning ishi.
6. Buxgalter
Moliyaviy hisobotlar tayyorlab, soliqlar va ichki audit ishlari bilan shug‘ullanadi.
7. Kredit tahlilchisi
Mijozlar yoki kompaniyalarning kredit to‘lash qobiliyatini baholaydi.
8. Moliyaviy yurist
Vazifasi: Moliya va biznesga oid yuridik hujjatlarni ishlab chiqadi va tahlil qiladi.
9. Tijorat ko‘chmas mulk agentlari
Ofislar, savdo markazlari va boshqa tijorat binolarini sotadi yoki ijaraga beradi.
10. Biznes o'qituvchisi
Maktab yoki kollejda moliya, iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslarini o‘rgatadi.
Nima uchun moliya sohasini tanlash kerak?
Moliya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar biznes muammolarini tahlil qilish, moliyaviy holatni baholash, Excel va boshqa moliyaviy dasturlarda ishlash kabi muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Bu ko‘nikmalar esa turli kasblarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga yordam beradi.
Agar siz moliyaviy savodxonlikni chuqur o‘rganmoqchi bo'lsangiz UBSdagi Iqtisodiyot fakultetining "Moliya va moliyaviy texnologiyalar" yo'nalishiga hujjat topshiring.
Most Viewed Articles
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa