Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim

Yusupova Xurmatxon
Author
Yusupova Xurmatxon
2399

Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim

"Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim"

Tibbiyot kollejida tahsil olayotgan paytlarimda, orzularim cheksiz edi. Oliy ta'lim muassasasiga kirib, talabalarga o'z soham bo'yicha dars berishni orzu qilardim.

Ammo qishloqda yashaganligim sababli, oila qurish bizning hududda asosiy masala hisoblanadi. Ota-onam menga, "Tengdoshlaring allaqachon farzandli bo'lib ketishdi, kollej yetadi, institutda o'qimaysan," deb turib olishdi.

Orzularim, istaklarim, rejalarim bir lahzada yo'q bo'lganday edi. Ota-onam maqsadlariga yetishdi, men esa yaxshi oilaning yaxshi bekasi bo'lib qoldim. Oradan 12 yil o'tdi. Ayol makrimi yoki oliy ta'limga bo'lgan intilishim sababmi, men turmush o'rtog'imdan universitetga hujjat topshirish uchun ruxsat oldim. U kishi: "Mayli, faqat bog'cha tarbiyachisi bo'lasiz, qolganiga ruxsat yo'q," dedilar.

Orzularim qayta uyg'ongan kun

Shundan keyin ichimda so'nib borayotgan uchqun yana alangalanib ketdi. Men o'zimga "Uddalayman!" deb so'z berdim va astoydil harakat qildim. Test topshirish kuni keldi. Imtihon paytida mendagi hayajonni so'z bilan ta'riflash qiyin. Natijalar e'lon qilindi: 83,2 ball. Katta umidlar bilan turib edim, lekin bir lahzada hammasi tugaganday bo'ldi, ustimdan muzdek suv quyib yuborilganday edi.

Bir kuni ovsinim menga: "Opa, Namanganda UBS degan oliy ta'lim muassasasi ochilgan" — deb xabar berdi, "bu ball bilan kirsa bo'larkan".

Ichimda nimadir sodir bo'ldi... Va nihoyat... Men orzu qilgan kun keldi. Men talabaman. Men uddaladim.

Bugun men eng baxtli ayolman. Ota-onam orzu qilgan yaxshi oilaning kelini, o'g'il va qiz nabiralarning onasiman. Turmush o'rtog'im xohlaganidek bo'lajak bog'cha tarbiyachisi, va o'zim xohlagandek O'zbekistonning eng yaxshi nodavlat oliygohi — UBSning talabasi bo'ldim.

Kelajakdagi maqsadlarim

Universitet menga orzularimni, ulkan rejalari qaytarib berdi. Men UBS bilan faxrlanaman. Bugungi kunda rus va ingliz tillari kurslarida tahsil olyapman. Maqsadim — ta'limning magistratura va doktorantura bosqichlarida o'qish va talabalarga o'z yo'nalishimda fidoiylik bilan dars o'tish.

Agar bog'chada tarbiyachi bo'lsam, 20-30 nafar bolaga ta'lim beraman, mudira bo'lsam esa 200-250 nafar bolani tarbiyalayman. Ammo, oliygoh ustozi bo'lsam, jamiyatimizning katta bir qismiga, ya'ni o'z kasbiga sodiq va jon kuydirib xizmat qiladigan kadrlarni tayyorlashda yordam bergan bo'laman. Bu esa mening eng katta orzularimdan biridir.

Arxitektura: kelajakni loyihalovchi 10 ta kasb yo‘nalishi

Arxitektura: kelajakni loyihalovchi 10 ta kasb yo‘nalishi

Author :
Energetika muhandisligi — kelajak yo'nalishi!

Energetika muhandisligi — kelajak yo'nalishi!

Author :
Biologiya yo'nalishi — tibbiyotdan marketinggacha

Biologiya yo'nalishi — tibbiyotdan marketinggacha

Author :
Ivy Lee metodi: samarali kun uchun 6 qadam

Ivy Lee metodi: samarali kun uchun 6 qadam

Author :
IT yo'nalishida sizga mos 19 ta kasb

IT yo'nalishida sizga mos 19 ta kasb

Author :
Moliya yo'nalishidagi eng yaxshi 10 ta kasb

Moliya yo'nalishidagi eng yaxshi 10 ta kasb

Most Viewed Articles

Sizni qiziqtirgan mavzularni toping va eng dolzarb g‘oyalarni o‘rganing.

Muvaffaqiyat uchun faqat bir yo'l bor

Batafsil →

Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim

Batafsil →

IT yo'nalishida sizga mos 19 ta kasb

Batafsil →

Oliy maʼlumotli bo'lish uchun TOP-5 sabab

Batafsil →

Mustaqil ta'lim ahamiyati

Batafsil →

Moliya yo'nalishidagi eng yaxshi 10 ta kasb

Batafsil →

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamingiz:

  • +998 99 746 98 99
  • +998 99 849 98 98
  • Work time:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish