CV o‘zi nima? Rezyumedan qanday farqi bor?
CV o‘zi nima? Rezyumedan qanday farqi bor?
CV lotincha “curriculum vitae” (course of life) so‘zidan olingan bo‘lib, professional va akademik faoliyatingizni aks ettiruvchi batafsil hujjat (bizdagi tarjimayi holga qisman to‘g‘ri keladi).
CV odatda har xil xalqaro universitetlar, grantlar, stipendiyalar, tanlovlar yoki ishga qabul uchun so‘raladi va undagi ish tajribangiz va yutuqlaringizga asoslanib sizni kerakli tashkilot dastur uchun tanlab olishlari mumkin bo‘ladi.
CV ga nimalar haqida yozish mumkin?
Bog‘lanish uchun kontakt;
Akademik faoliyat;
Kasbiy tajriba;
Malaka va ko‘nikmalar;
Grantlar va stipendiyalar;
Sertifikatlar va litsenziyalar;
Mukofotlar hamda yutuqlar;
Shaxsiy ma’lumotlar (ixtiyoriy);
Ko‘ngilli ish (volontyorlik harakati);
Maqola va nashrdan chiqqan ishlar;
Hobbi va shaxsiy qiziqishlar (ixtiyoriy).
CV builder, CV maker, Resume builder, Resume Coach kabi bir qancha saytlar orqali bemalol CV tayyorlash mumkin.
Most Viewed Articles
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa