Avvalroq, Albukhoriy Xalqaro Universiteti (AIU) rektori, professor, doktor Mohd Saleh bin Jaafar boshchiligidagi delegatsiya "University of Business and Science"ning Toshkent filialiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.

Uchrashuv yakunida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi:
Malaka oshirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni tashkil etish;
Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun stajirovka hamda amaliyot imkoniyatlarini yaratish;
Akademik va ilmiy tajriba almashish loyihalarini yo‘lga qo‘yish;
Hamkorlik tashabbuslarini to‘liq moliyaviy ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqish.

Imzolangan memorandum ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish va talabalarga keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
If you have any questions, please leave them
Contact us