UBS — KAIST: xalqaro hamkorlik sari muhim qadam
228

UBS — KAIST: xalqaro hamkorlik sari muhim qadam

Ayni kunlarda University of Business and Science vakillari xalqaro hamkorliklar yuzasidan Janubiy Koreyada boʻlib turibdi.

Bugun delegatsiyamiz ayni shu masalada Qozogʻistonning yetakchi oliy ta'lim muassasalari — Nazarbayev University va Kazakh-British Technical University vakillari bilan birga Janubiy Koreyaning "Osiyo MITi" sifatida e'tirof etiluvchi Korea Advanced Institute of Science and Technology (KAIST) ga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Materialshunoslik va muhandislik fakulteti rahbari Shin Byungha hamda KAIST Vitse-Prezidenti Kim Kyung-Soo bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazildi.

Muloqot davomida:

akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish;

talabalar uchun amaliyot va almashinuv dasturlari;

qoʻshma tadqiqot loyihalarini yoʻlga qoʻyish kabi masalalari muhokama qilindi.

KAIST — QS World University Rankings 2025 reytingida 53-oʻrinni egallagan va Janubiy Koreyaning eng nufuzli uchta universitetidan biri sifatida xalqaro miqyosda e'tirof etilgan ilmiy-tadqiqot markazidir.

Mazkur tashrif UBSning oliy ta'lim, ilm-fan va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlik yoʻlidagi muhim qadamlaridan biri boʻldi.

TAYINLOV

UBS talabalari oʻz yutuqlari bilan yuqori marralarni koʻzlamoqda

Ilm yo‘lidagi fidokorona mehnat e’tirof etildi

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

UBS Toshkent filiali faoliyati tahlili

UBS oʻqituvchilari ilm yoʻlida peshqadam!

UBS xalqaro hamkorlik doirasini kengaytiradi

CAPEU yakuni: UBS xalqaro hamkorlik ordenini qoʻlga kiritdi

Gʻoyalar milliardga aylanuvchi markazda UBS rahbariyati

May oyi UBS International uchun qanday o’tdi?

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish