Ta'limda chegaralar yo'q
2689

Ta'limda chegaralar yo'q

Janubiy Koreyaning nufuzli Mokpo National University'ning Oʻzbekistondagi vakili, Kim Kyeon Heun UBSga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida janob Kim Kyeon Heun UBS rektori Karimjon Boymirzayev bilan uchrashib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, mehmon universitetning o‘quv jarayonlarida ishtirok etib, talabalarning bilim olish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumot uchun, Mokpo Milliy Universiteti Janubiy Koreyaning yetakchi oliygohlaridan biri bo‘lib, QS xalqaro reytingida 1000 talik ro‘yxatga kiradi. Universitet IT, muhandislik, ijtimoiy fanlar va san’at yo‘nalishlarida kuchli akademik dasturlar, zamonaviy yotoqxona sharoitlari hamda xalqaro talabalar uchun almashinuv imkoniyatlarini taqdim etadi.

UBS va Mokpo Milliy Universiteti o‘rtasida kelgusida hamkorlik qilish rejalashtirilgan boʻlib, bu kelishuv ikki tomonlama akademik almashinuv va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

TAYINLOV

UBS talabalari oʻz yutuqlari bilan yuqori marralarni koʻzlamoqda

Ilm yo‘lidagi fidokorona mehnat e’tirof etildi

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

UBS Toshkent filiali faoliyati tahlili

UBS oʻqituvchilari ilm yoʻlida peshqadam!

UBS xalqaro hamkorlik doirasini kengaytiradi

CAPEU yakuni: UBS xalqaro hamkorlik ordenini qoʻlga kiritdi

Gʻoyalar milliardga aylanuvchi markazda UBS rahbariyati

May oyi UBS International uchun qanday o’tdi?

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamlarimiz:

  • +998 55 520 26 26
  • Ish vaqti:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish