736

UBS Erasmus dasturi doirasidagi dastlabki loyihaga start berdi

Joriy yilning 13–18-oktabr kunlari University of Business and Sciences o‘qituvchilari Polshaning Vrotslav shahrida joylashgan Xalqaro Logistika va Transport Universitetida (IULT) bo‘lib, STA (Staff Mobility for Teaching Assignment) dasturi doirasida magistratura va bakalavriat talabalari uchun 16 soatlik ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib boradilar.

Ushbu tashrif ErasmusProgram xalqaro akademik almashinuv loyihasi asosida tashkil etilgan bo'lib, dastur quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:

Ta’lim sifatini oshirish;

Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘zaro almashish;

Universitetlararo hamkorlikni mustahkamlash;

Talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish.

Tashrif davomida o‘qituvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, talabalarga amaliy bilimlar berib boradilar. Bu esa o'z navbatida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.

IULTdagi amaliy mashg‘ulotlar — bu UBS o‘qituvchilarining bilim va tajribasi xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining amaliy isbotidir.

Dastur doirasidagi tafsilotlar bilan rasmiy sahifalarimiz orqali ma'lumot berib boramiz.

Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda

UBS Erasmus dasturi doirasidagi dastlabki loyihaga start berdi

1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni

UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch

UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar

Samarqand safari start oldi

Sejong universitetida bayramona amaliyot

Ta'limda chegaralar yo'q

UBS talabalarigа Yevropa sari eshiklar ochilmoqda

Savollaringiz bo’lsa qoldiring

Savolingiz bormi? Biz tinglashga tayyormiz.

Biz bilan aloqa

Savolingiz, taklifingiz yoki fikringiz bormi? Biz bilan bog‘laning — sizdan eshitishdan mamnun bo‘lamiz.

Filiallarimiz:

  • Telefon raqamingiz:

  • +998 99 746 98 99
  • +998 99 849 98 98
  • Work time:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Elektron pochta:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
Universitet
Abituryentlar uchun
Talabalar uchun
Taʼlim yoʼnalishi
Yangiliklar
Ariza qoldirish