Malayziya Xalqaro Islom Universiteti xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, professor Siti Hajar Binti Yusoff xonim bugun University of Business and Science mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi:
Ikki universitet oʻrtasida imzolangan memorandum doirasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish;
Memorandum osti hujjatlarini amaliyotga joriy etish;
Professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi boʻyicha yangi imkoniyatlarni yaratishdan iborat bo‘ldi.

Suhbat davomida UBS rektori professor K. Boymirzayev hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor D. Xolmatovlar:
tomonlarning manfaatlariga mos keluvchi
va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qator maqsadli loyihalar haqida fikr almashdilar.
Bunday tashriflar — xalqaro ta’lim maydonida UBSning o‘z oʻrnini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir!
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa